Bizning “ Mubin plast ” xususiy korxonamiz 2013 yilda o’z ish faoliyatini boshlagan bo’lib , asosiy maqsadi yangi innovatsion uskunalar yordamida yangi ish o’rinlarini tashkil etish va o’z mahsulotlarini xorij mahsulotlaridan qolishmaydigan tarzda ishlab chiqarishga erishishdan iborat edi .
Korxonamiz polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga ixtisoslashgan bo’lib , xozirgi kunda oziq – ovqat mahsulotlari , qurilish mollari , qandolatchilik mahsulotlarini qadoqlash xamda ovqatlanish shaxobchalari , tibbiyot uskunalarini ishlab chiqaruvchilar singari bir qator ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun qadoqlash vositalarini ishlab chiqaradi .
Shuningdek korxonamiz bilan ish olib borayotgan mijozlarimizning ayrimlari bizning mahsulotlar bilan qadoqlangan mahsulotlarini xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan shug’ullanmoqdalar . Kelgusida korxonamizdagi ishlab chiqarish ko’lamini